"Texnosfera xavfsizligi" Jild 3 № 3 (2025)
Texnosfera xavfsizligi” (Journal of Technosphere Safety) — mehnat muhofazasi, texnosfera xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ekologik xavfsizlik hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavflarni boshqarish sohalariga ixtisoslashgan ilmiy-texnik jurnal hisoblanadi. Jurnal 2022-yildan buyon nashr etilib, xavfsizlik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
Jurnalning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi muammolari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, ekologik xavfsizlik, xavfsizlik tizimlarini modellashtirish hamda texnosfera xavfsizligi bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini qamrab oladi.
“Texnosfera xavfsizligi” jurnali ochiq kirish (Open Access) tamoyili asosida faoliyat yuritadi va maqolalar ikki tomonlama yashirin taqriz (Double-Blind Peer Review) jarayonidan o‘tkaziladi. Jurnal yiliga to‘rt marotaba nashr etiladi hamda maqolalar Google Scholar bazasida indekslanadi.
Mazkur jurnal mehnat muhofazasi, texnosfera xavfsizligi, ekologiya va favqulodda vaziyatlar sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va amaliyotchi mutaxassislar uchun ilmiy axborot almashish maydoni hisoblanadi.