Maqsad va qamrov
“Texnosfera xavsizligi” ilmiy-texnik jurnali — bu ochiq kirish (Open Access) asosida faoliyat yurituvchi, qat’iy ikki tomonlama yashirin taqriz (double-blind peer review) tizimiga ega bo‘lgan xalqaro ilmiy nashr bo‘lib, mehnat muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi sohalarida ilmiy tadqiqotlar natijalarinin joriy etishga bag‘ishlangan.
Jurnalning asosiy maqsadi —iqtisodiyotning barcha barcha sohalarda xavfsiz, qulay mehnat sharoitlarinii yaratish, har bir sohaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan holda sanitariya-gigiena me’yorlari, texnika va elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli me’yoriy va qonuniy huquqiy xujjatlarni takomillashitirish hamda ularni nazorati, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar sharoitida insonlarni hatti-harakati, yong‘inlarni oldini olish va bartaraf etish, global iqlim o‘zgarishi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash muammolari, xavfsizlikni ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash muammolari hamda xavfsizlikni ta’minlash tizimlarni modellashtirish yo‘nalishdagi maqolalarni o‘z sahifalarida yoritishdan iborat.
Jurnal quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:
1. Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi muammolari
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat xavfsizligini ta’minlash, kasbiy xavf va risklarni aniqlash hamda kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonidagi zararli va xavfli omillarning xodimlar salomatligiga ta’siri, mehnat sharoitlarini yaxshilash, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari, mehnat muhofazasining zamonaviy texnologiyalari hamda innovatsion yechimlarga oid tadqiqotlar.
2. Favqulodda vaziyatlar aholi xavfsizligini ta’minlash muammolari
Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, xavf-xatarlarni baholash, erta ogohlantirish tizimlari, evakuatsiya tadbirlari, fuqaro muhofazasi, qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida aholi xavfsizligini ta’minlashga oid tadqiqotlar.
3. Yong‘in xavfsizligi muammolari
Yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari, yong‘in xavfini baholash va kamaytirish usullari, yong‘inni aniqlash va avtomatik o‘chirish tizimlari, bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya tadbirlari, zamonaviy yong‘inga qarshi vositalar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarga oid tadqiqotlar.
4. Ekologik xavfsizlik va iqlim o’zgarishi muammolari
Atrof-muhitni muhofaza qilish, havo, suv va tuproq ifloslanishining oldini olish, iqlim o‘zgarishining sabablari va oqibatlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, ekologik xavflarni baholash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlar.
5. Xavfsizlikni ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash muammolari
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, yong‘in va ekologik xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga oid tadqiqotlar.
6. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashni modellashtirish
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi xavf va risklarni matematik hamda kompyuter modellashtirish, xavfli vaziyatlarni prognozlash, avariya va baxtsiz hodisalar ehtimolini baholash, xavfsizlik tizimlarini simulyatsiya qilish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish hamda ishlab chiqarishdagi xavflarni kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqishga oid tadqiqotlar.
7. Xavfsizlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Mehnat muhofazasi, texnika, yong‘in, ekologik va sanoat xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilikni takomillashtirish, davlat siyosati va boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, xalqaro standartlarni joriy etish, nazorat mexanizmlarini rivojlantirish, raqamlashtirish, zamonaviy himoya texnologiyalarini tatbiq etish hamda xavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan islohotlar va ularning natijalariga oid tadqiqotlar.
Xalqaro missiya
“Texnosfera xavsizligi” jurnali mehnat muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi sohalarida ilmiy bilimlarni erkin va ochiq tarqatish uchun xalqaro platformani taqdim etadi. Jurnalning missiyasi — innovatsion ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy tadqiqotlarni global ilmiy makonga integratsiya qilishdan iborat.