Kombinatsiyalangan don quritgichidagi elektrokontakt qizdirish tizimining elektr-issiqlik parametrlarini tadqiq etish (sholi doni misolida).

Qabul qilingan: 2026-09-11

Nashr etilgan: 2026-09-11

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalangan don quritgichi tarkibidagi elektrokontakt
qizdirish tizimining elektr-issiqlik parametrlarini sholi doni misolida aniqlash hamda qizdirish yuzasi
haroratini siklli boshqarish xususiyatlarini baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Tajribalar
“Alanga” sholi navida, qizdirish yuzasining 70, 80 va 90 °C belgilangan harorat rejimlarida, har bir
rejim uchun uchta mustaqil takrorda bajarildi. Quyosh havo kollektori tajribalarda ishga tushirilmadi.
Transformatorning birlamchi va ikkilamchi elektr kattaliklari, qizdirish yuzasining belgilangan haro-
rat rejimiga chiqish davomiyligi, qizdirish tizimining faol ishlash koeffitsiyenti, sholi donining namligi
va harorati aniqlandi. Natijalar. Transformator ikkilamchi zanjiridagi aktiv quvvat 538,97–540,48 W,
qizdirish yuzasining solishtirma sirt quvvati esa 1531,2–1535,5 W/m² oralig‘ida bo‘ldi. Belgilan-
gan harorat 70°C dan 90 °C gacha oshirilganda qizdirish yuzasining rejimga chiqish davomiyligi
86,67±0,58 s dan 92,33±0,58 s gacha, qizdirish tizimining faol ishlash koeffitsiyenti esa 0,563 dan
0,594 gacha oshdi. Qizdirish yuzasi haroratining tebranish diapazoni 3,0–3,4 °C ni tashkil etdi. Sholi
donining quritishdan keyingi namligi 14,90±0,10% dan 11,63±0,15% gacha kamaydi, quritgichdan
chiqishdagi don harorati esa 34,03–40,50 °C oralig‘ida bo‘ldi. Xulosa. Elektrokontakt qizdirish
tizimi past kuchlanish va katta tok sharoitida qizdirish yuzasini qisqa vaqt ichida belgilangan harorat
rejimiga chiqarish hamda termoregulyator yordamida uning haroratini barqaror siklli boshqarish
imkonini berdi. Sholi donida olingan tajriba natijalari mazkur tizimning kombinatsiyalangan don
quritgichlarida qo‘llanish imkoniyatlarini keyingi tadqiqotlarda boshqa don mahsulotlari uchun ham
baholashga asos yaratadi.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Tian, J.; Ogawa, Y.; Singh, J.; Kaur, L. (Eds.). Science of Rice Chemistry and Nutrition. Springer Nature Singapore, 2023. https://doi.org/10.1007/978-981-99-3224-5.

  2. Statista. Total rice consumption worldwide from 2008/2009 to 2024/2025. Statistical report, 2025.

  3. Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. Statistical data on rice production across all categories of farms, 2010–2024 (In Uzbek).

  4. UNESCO Intangible Cultural Heritage. Palov culture and tradition. Representative List of the Intangible Cultural Heritage of Humanity, Uzbekistan, 2016, Nomination file No. 01166.

  5. Samaddar, A.; Azam, M.M.; Singaravadivel, K.; Venkatachalapathy, N.; Swain, B.B.; Mishra, P. Postharvest Management and Value Addition of Rice and Its By-Products. In: The Future Rice Strategy for India. Elsevier, 2017; pp. 301–334.

  6. Zhang, X.; He, X.; Yang, F.; Chen, T.; Wen, X.; Sun, S.; Luo, F.; Lin, Q. A Novel Evaluation Method for Rice Drying Based on Water Migration and Molecular Motion Law Analysis. Food Analytical Methods, 2024, 17, 166–177.

  7. Chojnacka, K.; Mikula, K.; Izydorczyk, G.; Skrzypczak, D.; Witek-Krowiak, A.; Moustakas, K.; Ludwig, W.; Kułażyński, M. Improvements in drying technologies: Efficient solutions for cleaner production with higher energy efficiency and reduced emission. Journal of Cleaner Production, 2021, 320, 128706.

  8. Huang, Y.-T.; Wu, W.; Zou, W.-X.; Wu, H.-P.; Cao, D.-D. Drying temperature affects rice seed vigor via gibberellin, abscisic acid, and antioxidant enzyme metabolism. Journal of Zhejiang University-SCIENCE B, 2020, 21(10), 796–810.

  9. Xu, X.; Zhao, T.; Ma, J.; Song, Q.; Wei, Q.; Sun, W. Application of Two-Stage Variable Temperature Drying in Hot Air-Drying of Paddy Rice. Foods, 2022, 11, 888.

  10. Utari, F.D.; Yasintasia, C.; Ratridewi, M.; A’yuni, D.Q.; Kumoro, A.C.; Djaeni, M.; Asiah, N. Evaluation of Paddy Drying with Vertical Screw Conveyor Dryer (VSCD) at Different Air Velocities and Temperatures. Chemical Engineering and Processing – Process Intensification, 2022, 174, 108881.

  11. Moraes, R.S.; Coradi, P.C.; Nunes, M.T.; Leal, M.M.; Müller, E.I.; Teodoro, P.E.; Flores, E.M.M. Thick layer drying and storage of rice grain cultivars in silo-dryer-aerator: Quality evaluation at low drying temperature. Heliyon, 2023, 9, e17962.

  12. Alam, M.S.; Wazed, M.A.; Hasan, S.M.K.; Ahmed, M.; Alam, M.S.; Sarker, M.S.H. Quality aspects of paddy grain and seed dried in HSTU mobile grain and seed dryer integrated with a dual heating system. Heliyon, 2024, 10, e40835.

  13. Jyoti, Y.K.; Dash, S.K.; Rayaguru, K.; Pal, U.S.; Mishra, N.; Ananth, P.N.; Khandai, S. Enhancement of thermal and techno-economic performance and prediction of drying kinetics of paddy dried in solar bubble dryer. Energy Nexus, 2023, 11, 100224.

  14. Bekkulov, B.; Aliyev, R.; Rahmonkulov, T. Mobile device for drying paddy and justification of its parameters. International Journal of Advanced Trends in Computer Science and Engineering, 2021, 10(1), 133–138.

  15. Bekkulov, B.; Aliyev, R.; Rakhmonkulov, T.; Atabayev, K.; Yusupova, R.; Khadjieva, S. Study of mechanical damage of paddy (rice) during drying in the device. E3S Web of Conferences, 2024, 510, 02003.

  16. Kurzin, N.N.; Normov, D.A.; Lebedev, D.V.; Rozhkov, E.A. Elektrotekhnologii v selskom khozyaystve. Krasnodar: KubGAU, 2020.

  17. Logachev, M.V.; Ivanitskiy, N.I.; Davidovich, L.M. Raschety nagrevatelnykh ustroystv. Chast 2. Raschety elektricheskikh pechey i ustanovok. Minsk: BNTU, 2010.

  18. Aliferov, A.; Lupi, S. Induction and Direct Resistance Heating of Metals. Novosibirsk: NSTU Publisher, 2011.

  19. Xie, Q.; Gao, M.; Huang, X. Fire risk and behavior of rice during the convective drying process. Fire Safety Journal, 2020, 115, 103013.

  20. Asia-Pacific Legal Metrology Forum. APLMF Guide Document on Rice Moisture Measurement. May 2017 edition.

Mualliflar haqida

N.A. Sapayev
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU
B.Z. Baltabayev
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU
O.Q. Matchonov
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU

Litsenziya

Mualliflik huquqi (c) 2026 Irrigatsiya va melioratsiya

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.

Qanday iqtibos keltirish kerak

Kombinatsiyalangan don quritgichidagi elektrokontakt qizdirish tizimining elektr-issiqlik parametrlarini tadqiq etish (sholi doni misolida). (2026). Irrigatsiya Va Melioratsiya, 12(2), 110-125. https://doi.org/10.35938/IM-2026-12-00011

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.


ISSN 2181-1369 (Online)