Irrigatsiya va melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali — bu ochiq kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, taqrizdan o‘tkaziladigan akademik nashr bo‘lib, suv xo‘jaligi, irrigatsiya tizimlari, melioratsiya va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Jurnalning asosiy maqsadi — suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, gidrotexnika infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda sohada olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan original, yuqori sifatli va qat’iy taqrizdan o‘tgan ilmiy ishlarni nashr etish uchun xalqaro ilmiy platformani shakllantirishdan iborat.

Jurnal quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi, ammo ular bilan cheklanmaydi:


Irrigatsiya va melioratsiya

Sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shorlanishga qarshi kurash, yer osti suvlari sathini boshqarish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini modernizatsiya qilish muammolari.


Gidrotexnika va gidravlika

Gidrotexnika inshootlari, daryo va kanallar gidravlikasi, suv omborlari xavfsizligi va ishonchliligi, gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish hamda muhandislik konstruksiyalari.


Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish (IWRM)

Suv taqsimotining zamonaviy strategiyalari, transchegaraviy suv muammolari, suv ekologiyasi, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan sanoat hamda qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish.


Innovatsion sugorish texnologiyalari

Tomchilatib, yomgirlatib, tuproq ostidan va diskret sugorish tizimlari, tejamkor texnologiyalarning iqtisodiy va ekologik samaradorligini baholash.


Raqamli texnologiyalar va geoaxborot tizimlari

Geografik axborot tizimlari (GIS) va Masofadan zondlash (Remote Sensing) texnologiyalarini suv va yer resurslarini monitoring qilish, xaritalash hamda boshqarish jarayonlariga tatbiq etish.


Iqlim ozgarishi va gidrologiya

Global iqlim isishi sharoitida gidrologik prognozlar, daryolar oqimi ozgarishi, qurgoqchilik va suv toshqinlari xavfini boshqarish.


Qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash

Suv xo‘jaligi qurilishi va qishloq xo‘jaligi jarayonlari uchun energotejamkor texnikalar, mashina-traktor parklarini optimallashtirish, agromuhandislikda innovatsion texnologiyalar.


 

Xalqaro missiya

Irrigatsiya va melioratsiya” jurnali suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy bilimlarni erkin tarqatish uchun ochiq xalqaro platformani taqdim etadi. Jurnalning asosiy vazifasi — ilmiy natijalarni ommalashtirish, ilg‘or tajribalarni almashish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy tadqiqotlarni global ilmiy maydonga integratsiya qilishdan iborat.


ISSN 2181-1369 (Online)