Oqova suvlarni impulsli elektr maydon bilan zararsizlantirish elektrotexnologiyasi.
Qabul qilingan: 2026-09-07
Nashr etilgan: 2026-09-07
Annotatsiya
Mazkur maqolada oqova suvlarni impulsli elektr maydon (PEF– Pulsed Electric
Field) texnologiyasi yordamida zararsizlantirishning nazariy asoslari, texnologik jarayoni va energiya
samaradorligi tahlil qilingan. Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va boshqa
patogen mikroorganizmlarni yo‘q qilishning an’anaviy usullari (xlorlash, ozonlash, ultrabinafsha
nurlanish va membranali filtrlash) bilan bir qatorda impulsli elektr maydon texnologiyasining
afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuqori kuchlanishli qisqa impulslar ta’sirida
mikroorganizmlarhujayramembranasida elektroporatsiya hodisasi yuzagakelib, ularninginaktivatsiyasi
sodir bo‘ladi. Ushbu texnologiya yordamida E.coli bakteriyalarini 99%, Salmonella bakteriyalarini
99,9% gacha zararsizlantirish mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, impulsli elektr maydon bilan
ishlov berish qurilmasining konstruktiv sxemasi, asosiy texnologik parametrlari va energiya sarfi
modellari ishlab chiqilgan. Hisob-kitoblar natijasida bir sutkada 40 m³ oqova suvni zararsizlantirish
uchun quvvati 25–30 Vt bo‘lgan generator yetarli ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari impulsli
elektr maydon texnologiyasining ekologik xavfsiz, energiya tejamkor va istiqbolli usul ekanligini
ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni turli zararli bakteriyalardan
zararsizlantirishning samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqish. Impulsli elektr maydon
yordamida oqova suvlardagi E.coli bakteriyalarini 99%, Salmonella bakteriyalarini 99,9% gacha
zararsizlantiriladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida oqova suvlarni impulsli elektr maydon
yordamida zararsizlantirish texnologiyasi yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
President of the Republic of Uzbekistan. On Additional Measures to Consistently Continue Reforms within the Framework of the Priority Areas of National Development until 2030 and Bring Them to a New Stage; Decree No. PF-21, 16 February 2026. Available online: https://lex.uz/docs/-8050769 (accessed on30 June 2026).
-
Djalilova, A.; Xamidov, A.; Abduqodirova, M. Sewerage and Wastewater Treatment; Voris-Nashriyot:Tashkent, Uzbekistan, 2012; 200 pp. (In Uzbek).
-
Alshin, V.M.; Volkov, S.V.; Gilbukh, A.Y.; Grechukhin, A.I.; Kostyuchenko, S.V.; Kudryavtsev, N.N.; Yakimenko, A.V. Advantages and disadvantages of industrial methods of water disinfection. Vodosnabzhenie i Sanitarnaya Tekhnika 1996, 12, 2–7. (In Russian).
-
Goncharuk, V.V.; Potapchenko, N.G. Current state of the problem of water disinfection. Khimiya i Tekhnologiya Vody 1998, 20, 190–217. (In Russian).
-
Zagorsky, V.A.; Kozlov, M.N.; Danilovich, D.A. Methods for wastewater disinfection. Vodosnabzhenie i Sanitarnaya Tekhnika 1998, 2, 2–5. (In Russian).
-
Kulsky, L.A. Theoretical Foundations and Technology of Water Conditioning, 3rd ed.; Naukova Dumka: Kyiv, USSR, 1980; 564 pp. (In Russian).
-
Savluk, O.S. Research on the development of new methods for water disinfection. In Proceedings of the First All-Union Conference “Microbiology of Water Treatment”, Kyiv, USSR, 1982; Naukova Dumka: Kyiv, USSR, 1982; pp. 46–48. (In Russian).
-
Yakovlev, S.V.; Krasnoborodko, I.G.; Rogov, V.M. Technology of Electrochemical Water Treatment; Stroyizdat: Leningrad, USSR, 1987; 312 pp. (In Russian).
-
Metcalf Eddy, Inc.; Tchobanoglous, G.; Stensel, H.D.; Tsuchihashi, R.; Burton, F.L. Wastewater Engineering: Treatment and Resource Recovery, 5th ed.; McGraw-Hill Education: New York, NY, USA, 2014.
-
Von Gunten, U. Ozonation of drinking water: Part I. Oxidation kinetics and product formation. Water Res. 2003, 37, 1443–1467.
-
Bolton, J.R.; Cotton, C.A. The Ultraviolet Disinfection Handbook; American Water Works Association: Denver, CO, USA, 2008; 149 pp.
-
Judd, S. The MBR Book: Principles and Applications of Membrane Bioreactors for Water and Wastewater Treatment, 2nd ed.; Elsevier: Oxford, UK, 2011.
-
Toepfl, S.; Heinz, V.; Knorr, D. Applications of pulsed electric fields technology for the food industry. In Pulsed Electric Fields Technology for the Food Industry: Fundamentals and Applications; Raso, J., Heinz, V., Eds.; Springer: New York, NY, USA, 2006; pp. 197–221.
-
Heinz, V.; Alvarez, I.; Angersbach, A.; Knorr, D. Preservation of liquid foods by high-intensity pulsed electric fields—Basic concepts for process design. Trends Food Sci. Technol. 2001, 12, 103–111.
-
Barbosa-Cánovas, G.V.; Zhang, Q.H., Eds. Pulsed Electric Fields in Food Processing: Fundamental Aspects and Applications; Technomic Publishing: Lancaster, PA, USA, 2001.
Mualliflar haqida
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Irrigatsiya va melioratsiya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.