Sport shikastlanishlari va kasb kasalliklari dinamikasi haqida tezkor axborot yig‘ish tizimining sportda mehnat muhofazasini tashkil etishdagi o‘rni
Qabul qilingan: 2026-10-09
Nashr etilgan: 2026-10-02
Annotatsiya
Maqolada sport shikastlanishlari va kasb kasalliklari dinamikasi haqida tezkor axborot yig‘ish tizimining tuzilmaviy modeli hamda uning sportda mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda statistik va qiyosiy-tahliliy yondashuvlardan foydalanildi. Sportchilarning mashg‘ulot va musobaqalar davomidagi jarohatlanish chastotasi, og‘irligi va xavflilik koeffitsiyentlari hisoblandi hamda turli sport turlariga xos xavf omillari, jarohatlanish sabablari va ularning dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida sport shikastlanishlari va kasb kasalliklari haqidagi ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayd etish va tahlil qilish tizimining tuzilmaviy modeli ishlab chiqildi. 9 ta sport turi bo‘yicha jarohatlanish chastotasi, og‘irligi va xavflilik koeffitsiyentlari baholanib, boks eng yuqori xavflilik ko‘rsatkichiga ega ekanligi aniqlandi. Taklif etilgan tizim jarohatlanish dinamikasini kuzatish, xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, sport turlarini o‘zaro taqqoslash va profilaktik choralarni ishlab chiqish imkonini beradi. Natijada sport tashkilotlarida mehnat muhofazasini boshqarish, sportchilar salomatligini nazorat qilish va asoslangan tezkor qarorlar qabul qilish samaradorligi oshadi. Bu o‘z navbatida mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Van Mechelen, W.; Hlobil, H.; Kemper, H.C.G. Incidence, severity, aetiology and prevention of sports injuries: a review of concepts. Sports Medicine 1992, 14(2), 82–99.
-
Bahr, R.; Holme, I. Risk factors for sports injuries — a methodological approach. British Journal of Sports Medicine 2003, 37(5), 384–392.
-
Bahr, R.; et al. International Olympic Committee consensus statement: methods for recording and reporting of epidemiological data on injury and illness in sport 2020. British Journal of Sports Medicine 2020, 54(7), 372–389.
-
Sulaymanov, S.; Narziev, Sh. The Issue of Reducing Injuries by Improving the Training of Young Boxers. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology 2019, 6(2), 8068-8071. ISSN 2350-0328.
-
Sulaymonov, S.; Narziev, S. Kurash sport turida yosh sportchilar travmatizmiga oid o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari. Science and Innovative Development 2019, 5, 89–94.
-
Platonov, V.N. Sportchilarning harakat sifatlari va jismoniy tayyorgarligi; Sport nashriyoti: Moskva, Rossiya, 2019; 656 b.
-
Narziev, S.; Asqarov, J.; Khokimyatov, A. Methodology of Organization of the Labor Process and Preservation of Employees’ Health. The American Journal of Engineering and Technology 2021, 3(4), 79–84.
-
Sulaymanov, S.S.; Narziyev, Sh.M.; Latibov, Sh.M. Jismoniy tarbiya va sportda jarohatlanishlarning iqtisodiy zararni aniqlash uslubi. Sanoatda raqamli texnologiyalar 2024, 2(4-1), 157–161. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.3
-
Narziyev, Sh.M. Sportda mehnat muhofazasini ta’minlashning sanitar-gigiyenik chora-tadbirlari. Sanoatda raqamli texnologiyalar 2024, 2(3), 197–202. https://doi.org/10.5281/zenodo.13781556
-
Narziev, S.; Oxunov, R. Priority directions of education and development of the science of “Life activity safety”. Science and Innovation 2023, 2(A6), 215–220.
Mualliflar haqida
Litsenziya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.