Poyezd tuzuvchilarning mehnat xavfsizligini baholash va tizimli boshqarish choralari
Qabul qilingan: 2026-10-09
Nashr etilgan: 2026-10-02
Annotatsiya
Ushbu maqolada poyezd tuzuvchilarning mehnat xavfsizligini ta’minlash, mavjud xavf-xatarlarni aniqlash va ularni tizimli boshqarish masalalari tahlil qilingan. Poyezd tuzuvchilarning manyovr ishlari jarayonida harakatlanuvchi temir yo‘l tarkibi, vagonlar orasida ishlash, sirpanish va yiqilish, noqulay ob-havo sharoitlari, shovqin, yetarli bo‘lmagan yoritilganlik hamda inson omili bilan bog‘liq xavfli va zararli omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli bekatlarida poyezd tuzuvchilar faoliyatining xronometraj ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari pasportlari va texnogen hodisalar statistikasi asosida olib borildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlari hamda Yevropa Ittifoqi Temir yo‘l agentligi (ERA HOF) va ISO 45001 xalqaro standartlari talablari qiyosiy tahlil qilindi. Poyezd tuzuvchisi faoliyatining 12 soatlik smena davomidagi jismoniy hamda psixoemotsional yuklamalari guruhlandi. Dunyo mamlakatlari (AQSh, Yaponiya, Xitoy, Yevropa II va boshqalar) tajribasi qiyoslanib, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan aqlli kiyimlar (Smart vest), AI (Sun’iy intellekt) videomonitoringi, VR simulyatorlari va dinamik “Xavf xaritasi”ni joriy etish orqali jarohatlanish xavfini 25-30% ga kamaytirish imkoniyati ilmiy va texnik jihatdan asoslandi. Poyezd tuzuvchilari xavfsizligini ta’minlashda faqat individual ehtiyotkorlik yetarli emas. An’anaviy 3 bosqichli nazoratni Yaponiya va AQShning ilg‘or boshqaruv usullari, raqamli monitoring hamda avtomatlashtirish texnologiyalari bilan integratsiya qilish yuqori samaradorlik beradi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Kamilov, Kh.; Amirov, M. Poyezd tuzuvchilarining mehnat xavfsizligini baholash va boshqarishning tizimli usullari. Journal of Transport Scientific-Technical and Scientific Innovation Journal 2026, 3(3), September.
-
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2016.
-
GOST12.0.230-2007. SSBT. Sistema upravleniya okhranoy truda. Obshchie trebovaniya. Moskva: Standartinform, 2007.
-
ISO 45001:2018. Occupational health and safety management systems– Requirements with guidance for use; International Organization for Standardization: Geneva, Switzerland, 2018.
-
ILO. Guidelines on Occupational Safety and Health Management Systems (ILO-OSH 2001); International Labour Office: Geneva, Switzerland, 2001.
-
Reason, J. Managing the Risks of Organizational Accidents; Ashgate: Aldershot, UK, 1997.
-
Leveson, N.G. Engineering a Safer World: Systems Thinking Applied to Safety; MIT Press: Cambridge, MA, USA, 2011.
-
Hollnagel, E. Safety-I and Safety-II: The Past and Future of Safety Management; Ashgate: Farnham, UK, 2014.
-
McAtamney, L.; Corlett, E.N. RULA: A Survey Method for the Investigation of Work-Related Upper Limb Disorders. Applied Ergonomics 1993, 24(2), 91–99.
-
Hignett, S.; McAtamney, L. Rapid Entire Body Assessment (REBA). Applied Ergonomics 2000, 31(2), 201–205.
-
Karhu, O.; Kansi, P.; Kuorinka, I. Correcting Working Postures in Industry: A Practical Method for Analysis. Applied Ergonomics 1977, 8(4), 199–201.
-
Aruin, A.S.; Zatsiorskiy, V.M. Ergonomik biomexanika;Mashinostroyeniye: Moskva, Rossiya, 1989.
Mualliflar haqida
Litsenziya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.