Mehnat sharoitida shovqin ta’sirini baholash va uni kamaytirishning innovatsion yechimlari
Qabul qilingan: 2026-10-08
Nashr etilgan: 2026-10-02
Annotatsiya
Maqolada nasos stansiyalarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish shovqini dara
jasini baholash, xodimlarning shovqin ta’sirida bo‘lish davomiyligini aniqlash hamda shovqinni
me’yorlashtirish bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot obyekti sifatida D1600-90
rusumli nasos agregati tanlanib, unda hosil bo‘ladigan shovqin darajalari NAD-1 qurilmasi yor
damida o‘lchangan. Tadqiqot natijalari nasos agregatining ish rejimiga qarab shovqin darajasi sezi
larli darajada o‘zgarishini ko‘rsatdi. Jumladan, agregat normal ish holatida 48,2–49,6 dB, zo‘riqib
ishlaganda esa 100,7–104,4 dB shovqin hosil qilishi aniqlandi. Bir ish smenasi davomida shovqin
darajasi 48,2 dan 104,4 dB gacha o‘zgarib borishi qayd etildi. Xronometraj kuzatuvlari natijalariga
ko‘ra, nasos agregatida faoliyat yurituvchi xodimlar bir ish smenasi mobaynida o‘rtacha 5 soat 43
daqiqa davomida yuqori darajadagi shovqin ta’siri ostida bo‘lishi aniqlandi. NAD-1 qurilmasi va
“Smart Headphone” intellektual monitoring tizimini amaliyotga joriy etish natijasida ish smenasi
davomida xodimga ta’sir etuvchi shovqin darajasi 56–59 dB gacha pasayishiga erishildi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Bazarov, D. Irrigation sedimentation tanks in the bed of the pumping station inlet channels. E3S Web of Conferences 2021, 274, 03004.
-
Norkulov, B. Regime of deposition of sediments in the head settlement basin of the supply channel of pumping stations. E3S Web of Conferences 2023, 365, 03045.
-
Kasimov, F.; Rakhimova, M. Energy efficiency monitoring system of operated irrigation pumping stations in Uzbekistan. Journal of Water and Land Development 2025, 64, 120–129.
-
Xodakova,M.; Stareyeva,O. Ishlab chiqarish shovqinining kamayishini hisoblash metodikasi.“Innovatsion fan” xalqaro ilmiy jurnali” 2025, 64.
-
Narziev, Sh.; Sulaymanov, S. To the investigation of the tension of the intercracked ligaments knee joint. International Journal of Research 2019, 6, 731–735.
-
Sulaimanov, S.; Kurbonov, S. On the evaluation of the effectiveness of means of vibration and sound insulation energy saturated machine-tractor unit. Technical Science and Innovation 2022, 1, 260–265.
-
Khojiyeva, Sh.; Narziyev, Sh. The relevance of improving the efficiency of labor protection issues in the pharmaceutical industry. European Journal of Life Safety and Stability 2022, 166.
-
Khojiyeva, Sh.; Narziyev, Sh. Main directions of employee protection in the pharmaceutical industry. Journal of Technosphere Safety 2022, 1, 14–19