Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) — gidravlika, gidrologiya, gidrotexnika, suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof-muhit muhandisligi sohalaridagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni yoritishga ixtisoslashgan xalqaro, taqrizdan o‘tkaziladigan va ochiq kirish asosida faoliyat yurituvchi ilmiy jurnaldir.

Jurnalning asosiy maqsadi gidravlika va atrof-muhit muhandisligi sohalarida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish, innovatsion muhandislik yechimlarini ommalashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or ilmiy ishlanmalarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etishdan iborat.

JHEE yuqori sifatli, original va ilmiy ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tgan maqolalarni nashr etish orqali ilmiy bilimlarni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Jurnal quyidagi ilmiy yo‘nalishlarni qamrab oladi, biroq ular bilan cheklanmaydi:

Gidravlika va gidrodinamika

Nazariy va amaliy gidravlika, ochiq va bosimli oqimlar gidravlikasi, turbulent oqimlar, gidrodinamik modellashtirish, kanal va daryo tizimlari gidravlikasi, suv oqimlarini boshqarish va gidravlik jarayonlarning matematik modellarini ishlab chiqish.

Gidrologiya va muhandislik gidrologiyasi

Yer usti va yer osti suvlarining shakllanish qonuniyatlari, suv balansini baholash, gidrologik modellashtirish, gidrologik prognozlash, toshqin va qurg‘oqchilik xavflarini baholash hamda suv resurslarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi dinamikasi.

Gidrotexnika inshootlari va gidroenergetika

To‘g‘onlar, suv omborlari, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish va monitoring qilish. Gidroenergetika tizimlarining samaradorligini oshirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash masalalari.

Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (IWRM)

Suv resurslarini rejalashtirish va boshqarish, transchegaraviy suv resurslari, suv siyosati va boshqaruv mexanizmlari, suv taqsimoti strategiyalari, suv resurslarini muhofaza qilish hamda qishloq xo‘jaligi, sanoat va kommunal sohalarda suvdan samarali foydalanish.

Ekologiya va atrof-muhit muhandisligi

Atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ifloslanish manbalarini boshqarish, ekologik risklarni baholash, chiqindilarni qayta ishlash va ekologik muhandislik yechimlari.

Oqartava suvlarni tozalash va qayta foydalanish

Maishiy va sanoat oqova suvlarini tozalash texnologiyalari, suv sifatini yaxshilash, suvni qayta foydalanish tizimlari, ekologik va iqtisodiy samaradorlikni baholash hamda zamonaviy suv tozalash usullari.

GIS, masofadan zondlash va geofazoviy texnologiyalar

Geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash (Remote Sensing), geofazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish, suv va ekologik resurslarni monitoring qilish, xaritalash hamda raqamli boshqaruv texnologiyalari.

Iqlim o‘zgarishi va suv resurslari

Global iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri, gidrologik ekstremal hodisalar, suv ta’minoti xavfsizligi, moslashuv strategiyalari va barqaror rivojlanish masalalari.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt

Sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish (Machine Learning), katta ma’lumotlar (Big Data), IoT texnologiyalari, raqamli egizak (Digital Twin) tizimlari hamda suv xo‘jaligi va ekologik tizimlarda aqlli boshqaruv yechimlari.

Barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalar

Resurstejamkor texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, uglerod neytralligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik innovatsiyalar va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar.

XALQARO MISSIYA

Journal of Hydraulic and Environmental Engineering gidravlika, suv resurslari va atrof-muhit muhandisligi sohalaridagi ilmiy bilimlarni erkin va ochiq tarqatishga xizmat qiluvchi xalqaro akademik platformadir.

Jurnalning missiyasi ilmiy natijalarni global miqyosda ommalashtirish, innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalar almashinuvini rivojlantirish hamda turli mamlakatlar olimlari, muhandislari va mutaxassislari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

JHEE mintaqaviy va global ahamiyatga ega bo‘lgan suv resurslari, ekologik xavfsizlik va muhandislik muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni xalqaro ilmiy maydonga olib chiqish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.


ISSN 2181-3949 (Online)