Jurnal haqida
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) - 2022-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI) tomonidan tashkil etilgan ilmiy-texnik jurnal. Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
Tashkil etilganidan beri jurnal gidravlika, gidrologiya, gidrotexnika inshootlari, suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof-muhit muhandisligi sohalarida ilmiy bilimlar, tadqiqot natijalari va amaliy tajribalarni tarqatish uchun professional platforma boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Jurnal zamonaviy ilmiy nashriyot standartlariga muvofiq elektron formatda nashr etiladi.
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) gidravlika, gidrologiya, gidrotexnika inshootlari, suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish, ekologiya, atrof-muhit muhandisligi, iqlim oʻzgarishi va geofazoviy axborot tizimlariga bagʻishlangan mustaqil ilmiy-texnik jurnal hisoblanadi. Jurnalda original ilmiy maqolalar, sharhlar, eksperimental tadqiqotlar va sohadagi eng soʻnggi ilmiy yutuqlarni aks ettiruvchi tahliliy maqolalar nashr etiladi.
Jurnal gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va ishonchliligini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, gidrologik jarayonlarni oʻrganish, ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhit monitoringini takomillashtirish, oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini rivojlantirish hamda suv xoʻjaligi va ekologik tizimlarda innovatsion yechimlarni joriy etishga bagʻishlangan tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratadi. Shuningdek, iqlim oʻzgarishi, suv resurslari xavfsizligi va gidravlika hamda atrof-muhit muhandisligida raqamli texnologiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq tadqiqotlar ham nashr etiladi.
Maqsadli auditoriya gidravliklar, gidrologlar, gidrotexnik muhandislar, ekologlar, atrof-muhit muhandislari, suv xoʻjaligi mutaxassislari, tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda suv resurslari va ekologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni oʻz ichiga oladi. Nashr etilgan materiallar ilmiy tahlil, amaliy qoʻllanilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun moʻljallangan.
Nashr etikasi, shaffoflik va tadqiqot yaxlitligi tamoyillariga rioya qilgan holda, jurnal gidravlika, suv resurslari va atrof-muhit muhandisligi sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga hissa qoʻshishga hamda milliy va xalqaro ilmiy yutuqlarni global ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashga koʻmaklashishga intiladi.
Jurnal doirasi
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) jurnali gidravlika, gidrologiya, gidrotexnika inshootlari, suv resurslarini boshqarish, ekologiya, atrof-muhit muhandisligi, iqlim o‘zgarishi, geofazoviy axborot tizimlari, suv sifati, oqova suvlarni tozalash texnologiyalari hamda raqamli va innovatsion texnologiyalar kabi keng ko‘lamli mavzularni qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlarni nashr etadi. Jurnal akademik muloqotni rivojlantiradi, ilmiy g‘oyalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi va quyidagi sohalarda tadqiqot natijalarini tarqatishga ko‘maklashadi.
Fan sohasi: Muhandislik fanlari, Atrof-muhit fanlari
Fan kategoriyasi: Gidrotexnika va qurilish muhandisligi, Suv ilmi va texnologiyalari, Atrof-muhit muhandisligi
Tadqiqot yo‘nalishlari ro‘yxati:
- Gidravlika va gidrodinamik jarayonlar
- Nazariy va amaliy gidravlika
- Daryo va kanal gidravlikasi
- Gidravlik modellashtirish va hisoblash usullari
- Hisoblash gidrodinamikasi (CFD)
- Gidrologiya va muhandislik gidrologiyasi
- Gidrologik prognozlash va modellashtirish
- Yer usti va yer osti suv resurslarini o‘rganish
- Suv balansini baholash va boshqarish
- Gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish
- To‘g‘onlar, suv omborlari va gidrouzellar xavfsizligi
- Nasos stansiyalari va gidroenergetika tizimlari
- Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish (IWRM)
- Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish
- Suv sifati monitoringi va baholash
- Oqartava suvlarni tozalash va qayta foydalanish texnologiyalari
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
- Ekologik monitoring va ekologik xavfsizlik
- Iqlim o‘zgarishi va suv resurslari
- Qurg‘oqchilik va suv toshqini xavfini boshqarish
- Geografik axborot tizimlari (GIS) va masofadan zondlash texnologiyalari
- Geofazoviy ma’lumotlar tahlili va xaritalash
- Suv va ekologik resurslar monitoringi
- Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish texnologiyalari
- Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalar
- IoT va Smart Water tizimlari
- Raqamli egizak (Digital Twin) texnologiyalari
- Resurstejamkor va yashil texnologiyalar
- Barqaror rivojlanish va ekologik muhandislik
- Suv resurslari va atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha innovatsion yechimlar
Nashr chastotasi
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) yarim yillik ilmiy jurnal hisoblanadi va yiliga ikki marta nashr etiladi. Qo‘lyozmalar yil davomida doimiy ravishda qabul qilinadi. Har bir son jurnalning tahririyat jadvaliga muvofiq tayyorlanadi va nashr etiladi.
Ochiq kirish siyosati
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) jurnalida chop etilgan barcha maqolalar to‘liq ochiq kirish modeli asosida taqdim etiladi va nashr etilgandan so‘ng darhol obuna, ro‘yxatdan o‘tish yoki embargosiz onlayn tarzda erkin foydalanish mumkin. Barcha maqolalar Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0) shartlari asosida nashr etiladi. Mualliflar jurnalga birinchi nashr huquqini bergan holda, nashr etilgan ishlarining mualliflik huquqini saqlab qoladilar.
Taqrizlash jarayoni
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) ikki tomonlama ko‘r-ko‘rona taqrizlash (Double-Blind Peer Review) jarayonini qo‘llaydi. Dastlabki tahririy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha qo‘lyozmalar kamida ikkita mustaqil taqrizchi tomonidan baholanadi. Mualliflar va taqrizchilarning shaxsi taqrizlash jarayoni davomida maxfiy saqlanadi. Yakuniy tahririy qaror bosh muharrir yoki tahririyat kengashining vakolatli a’zosi tomonidan taqrizchilarning tavsiyalari asosida qabul qilinadi.
Muassis
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) jurnalining muassisi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) hisoblanadi.
Nashriyotchi
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) jurnalining nashriyotchisi I-EDU GROUP MCHJ hisoblanadi. Nashriyot jurnalning texnik, tashkiliy va nashriyot jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ochiq kirish, nashr etikasi va ilmiy kommunikatsiya tamoyillariga amal qiladi.
Nashr etikasi
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) nashriyot etikasi, shaffoflik, akademik halollik va mas’uliyatli ilmiy nashriyotning xalqaro miqyosda tan olingan tamoyillariga amal qiladi. Jurnal mualliflik, manfaatlar to‘qnashuvi, plagiat, tadqiqotdagi noqonuniy xatti-harakatlar, tuzatishlar, maqolalarni qaytarib olish (retraction), shikoyatlar, apellyatsiyalar, taqriz etikasi va tahririyat mas’uliyati bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda Committee on Publication Ethics (COPE) tavsiyalariga amal qiladi. Batafsil nashr etikasi siyosati “Publication Ethics” bo‘limida keltirilgan.
Maqolani qayta ishlash to‘lovi (APC)
Jurnalning ochiq kirishli nashriyot modeliga muvofiq, standart maqolalarni qayta ishlash to‘lovi (APC) faqat nashrga qabul qilingan qo‘lyozmalarga nisbatan qo‘llaniladi. Qo‘lyozmani topshirish uchun to‘lov olinmaydi.
APC tahririy ishlov berish, taqrizlash jarayonini boshqarish, maqolani tayyorlash, onlayn nashr qilish, metama’lumotlarni tayyorlash, platformani texnik qo‘llab-quvvatlash va uzoq muddatli raqamli arxivlash xarajatlarini qoplaydi. Batafsil ma’lumot “Author Fees” bo‘limida keltirilgan.
2026-yilda mualliflarning barcha nashr xarajatlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) tomonidan qoplanadi. Shu sababli ushbu davr mobaynida mualliflardan APC yoki boshqa nashr to‘lovlari undirilmaydi.
Plagiat va noqonuniy o‘zlashtirish
Journal of Hydraulic and Environmental Engineering (JHEE) tahririyati barcha taqdim etilgan qo‘lyozmalarni plagiat, noto‘g‘ri iqtibos keltirish, matnni noqonuniy o‘zlashtirish va boshqa akademik qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida antiplagiat dasturlari orqali tekshiradi.
Mualliflar o‘z qo‘lyozmalarining original ekanligini ta’minlash va tadqiqot davomida foydalanilgan barcha manbalarni to‘g‘ri ko‘rsatish uchun javobgardirlar. Tegishli manbalarga havola bermasdan boshqa manbalardan olingan matnlar, ma’lumotlar, rasmlar, jadvallar yoki g‘oyalardan foydalanish nashr etikasi tamoyillarining buzilishi hisoblanadi.