Differensial mikro purkash texnologiyasiga asoslangan monitoring agroroboti ramasi materiallarining konstruktiv samaradorligini baholash
Qabul qilingan: 2026-09-14
Nashr etilgan: 2026-09-14
Annotatsiya
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini turli kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish an’anaviy ravishda kimyoviy purkash vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Biroq, bunday purkash usuli atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tuproq va suv resurslarining ifloslanishiga olib keladi. Ushbu maqolada ekinlarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish, shuningdek, dala sharoitini monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan agrorobot ramasi materiallarining konstruktiv samaradorligi va mustahkamlik xususiyatlarini ANSYS dasturiy ta’minoti yordamida baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.