“Agromuhandislik yechimlari” ilmiy-texnik jurnali — bu ochiq kirish (Open Access) asosida faoliyat yurituvchi, qat’iy ikki tomonlama yashirin taqriz (double-blind peer review) tizimiga ega bo‘lgan xalqaro ilmiy nashr bo‘lib, qishloq xo‘jaligida muhandislik yechimlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishga bag‘ishlangan.

Jurnalning asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligi sohasida muhandislik yondashuvlari asosida yaratilayotgan yuqori samarali, resurs-tejamkor va innovatsion texnika hamda texnologiyalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, sohaga oid ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashdan iborat.

Jurnal quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:

1. Traktorlar va energetika vositalari

Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlar, energetik vositalar, mashina agregatlari, ularning konstruktiv takomillashuvi, ish unumdorligi, energiya samaradorligi va yangi muhandislik yechimlariga oid tadqiqotlar.

2. Dehqonchilik texnika va texnologiyalari

Yerga ishlov berish, ekish, parvarishlash, hosilni yig‘ishtirish, agrotexnik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga qaratilgan texnika hamda texnologiyalar bo‘yicha ilmiy ishlar.

3. Meliorativ texnika va texnologiyalar

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, drenaj va kollektor tizimlari, sho‘rlanish va botqoqlanishga qarshi texnik-texnologik yechimlar, meliorativ mashinalar va uskunalarga oid tadqiqotlar.

4. Sug‘orish texnika va texnologiyalari

Sug‘orish tizimlari, suv tejovchi texnologiyalar, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, suv resurslaridan samarali foydalanish, aqlli sug‘orish tizimlari va ulardagi muhandislik yechimlari.

5. Chorvachilik texnika va texnologiyalari

Chorvachilikda ozuqa tayyorlash, saqlash, tarqatish, mahsulot olish, sanitariya-gigiyena jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga oid texnika va texnologiyalar.

6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnika va texnologiyalari

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash va logistika jarayonlarida qo‘llaniladigan texnika, texnologiya va innovatsion muhandislik yechimlari.

7. Qishloq xo‘jaligi energetikasi

Agrar sohada energiya ta’minoti, energiya tejamkor qurilmalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektrlashtirish, avtomatlashtirish va energiya samarador muhandislik yechimlariga oid tadqiqotlar.

Xalqaro missiya

Agromuhandislik yechimlari” jurnali qishloq xo‘jaligi muhandisligi sohasida ilmiy bilimlarni erkin va ochiq tarqatish uchun xalqaro platformani taqdim etadi. Jurnalning missiyasi — innovatsion ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy tadqiqotlarni global ilmiy makonga integratsiya qilishdan iborat.