Ishchi eritma tomchilarining rostlanadigan purkagich forsunkalari yordamida purkalish jarayonini matematik modellashtirish.
Qabul qilingan: 2026-10-31
Nashr etilgan: 2026-10-31
Annotatsiya
Maqolada bog‘larni parvarishlash jarayonida ishchi eritma tomchilari o‘lchamining ularning boshlang‘ich tezligi, harakatlanish trayektoriyasi, purkalish masofasi, cho‘kishi va bug‘lanishiga, shuningdek, shamol ta’sirida harakatlanishiga, barg yuzasining namlanishiga hamda eritmaning barglarda ushlanib qolishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Havo oqimi boshqariladigan va markazdan qochma purkash forsunkalari bilan jihozlangan purkagichda ishchi eritma tomchilarining harakati matematik jihatdan modellashtirilgan. Havo oqimining tezlik maydoni Prandtlning turbulentlik nazariyasiga asoslangan yarim empirik yechim orqali ifodalangan. Tomchilarning harakati esa Stoks qarshilik koeffitsiyenti hisobga olingan holda kinematik tenglamalar sistemasi yordamida tavsiflangan. Tenglamalarni sonli integrallash ikkinchi tartibli aniqlikka ega bo‘lgan tuzatishli Eyler usuli yordamida amalga oshirilgan.