Kovul (Capparis spinosa) o‘simligidan endofit mikroorganizmlarni ajratib olish va ularning koloniya morfologiyasini o‘rganish.
Qabul qilingan: 2026-10-13
Nashr etilgan: 2026-09-30
Annotatsiya
Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘simlik to‘qimalarida yashovchi endofit mikroorganizmlar biologik vositalar manbai sifatida qiziqish uyg‘otmoqda. Tadqiqotning maqsadi Toshkent Botanika bog‘ida o‘sadigan kovul (Capparis spinosa) o‘simligining ildiz, poya va barg to‘qimalaridan endofit mikroorganizmlarni ajratib olish, toza kulturalarini hosil qilish va ularning koloniya morfologiyasini PDA hamda TSA ozuqa muhitlarida solishtirishdan iborat. To‘qima bo‘laklari 70% li etil spirti bilan yuzaki sterillanib PDA muhitiga ekildi, toza kulturalar ketma-ket uch marta qayta ekish orqali olindi, sterillash samaradorligi oxirgi yuvish suvini ekish bilan nazorat qilindi. Ekilgan 54 ta to‘qima bo‘lagidan 46 tasida mikroorganizmlar o‘sishi kuzatildi va jami 15 ta toza shtamm ajratildi; nazorat idishlarida o‘sish qayd etilmadi. KI-15 shtammi PDA va TSA muhitlarida koloniya rangi va tuzilishi bo‘yicha farq qildi. Olingan shtammlar keyingi bosqichda molekulyar identifikatsiya va antagonistik faollikni o‘rganish uchun asos bo‘ladi.