SUGʻORILADIGAN YERLARNI MONITORINGINI YURITISHDA DALA TADQIQOTLARINING AFZALLIKLARI ( SIRDARYO VILOYATI XOVOS TUMANI MISOLIDA)

Qabul qilingan: 2026-08-21

Nashr etilgan: 2026-08-21

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati, Xovos tumani sug‘oriladigan yerlarida meliorativ holatni baholash va yomonlashuv aniqlash masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotda dala ishlaridan olingan maydon ma’lumotlari, tuproq va grunt suv monitoringi natijalari hamda geostatistik usullar asosida sho‘rlanish va grunt sathi ko‘tarilishi xavf zonalari aniqlangan. Tadqiqot maydonida 3387,2 gektar sug‘oriladigan yerlar aniqlangan bo‘lib, ularning 24% meliorativ holati yomon va sho‘rlanish darajasi yuqori ekanligi aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Geostatistik monitoring va maydon tadqiqotlari yordamida 12 konturda jami 3090.92 gektar hududda tuproq sho‘rlanishi, grunt suv sathining ko‘tarilishi va drenaj yetishmovchiligi tufayli meliorativ holatning yomonlashuvi aniqlangan. Ushbu yondashuv tuproq sifatini yaxshilash, drenaj va sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ta’minlashda samarali vosita hisoblanadi.

Adabiyotlar ro'yxati

Mualliflar haqida

B.V.Saipova
“TIQXMMI” MTU
S.M.Turgunbekov
“TIQXMMI” MTU
A.K.Xakimov
“TIQXMMI” MTU

ISSN 2181-4546 (Online)